Kann kinofestivalidagi mojarolar: Vudi Allen qochib ketdi, Kristen Styuart haqorat ostida qoldi

14:09, 18 may

Ayni kunlarda Fransiyada o`tkazilayotgan nufuzli Kann kinofestivalida janjal bo`ldi.

Afsonaviy rejissyor Vudi Allen o`zi suratga olgan film namoyishidan keyin qochib ketishga majbur bo`ldi. Tomoshabinlar Kristen Styuartning “Zulmat ostonasidagi muhabbat” filmi qahramonlari ishtirokida olingan filmi ustidan ochiqdan-ochiq masxara qilishdi, deya xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Kannda 69 marotaba o`tkazilayotgan kinofestival tomoshabinlari Kristen Styuartning “Maxsus xaridor” filmini sovuq kutib olishdi. Film Parijda yashovchi, mashhur yulduzlarga kostyumerlik qiluvchi, noyob qobiliyatga ega amerikalik ayol haqida. Styuart bilan “Zils-Mariya” filmi ustida hamkorlikda ish olib borgan rejissyor Olive Assayasaning filmi namoyish qilinayotganda zaldan ochiqdan-ochiq tahqirlar eshitildi. Aksariyat tanqidchilar norozi ohangda fikr bildirishdi. 

Styuart bunday sovuq muomaladan tushkunlikka tushdi, ammo filmning Kann kinofestivalida bunday kutib olinishi, filmning muvaffaqiyatsiz chiqqanidan darak bermaydi. Ilgarilari Martin Skorsezening “Taksichi” (1976), Devid Linchning “Yovvoyi yuraklar” va Mettyu Makkonaxi bosh rolni ijro etgan “Behisob daraxtlar” filmi ham xuddi shunday kutib olingan edi. 

Vudi Allenning "Cafe Society" nomli yangi filmi ham munaqqidlar va jurnalistlar tanqidi ostida qoldi. Bunga birinchidan, Vudi Allen o`zining filmi namoyish etilgandan keyin ketib qolgani, ikkinchidan esa o`g`li tomonidan nevarasi Dilanga zo`rlik ishlatgani to`g`risidagi ayb sabab bo`ldi.

Allen ilgari o`z qizini zo`rlashda ayblangan edi, ammo uning bu aybi isbot topmadi. Rejissyor matbuot anjumanida o`zi haqidagi bu gaplarni “o`taketgan bema`nilik” deb atadi. Kann festivalidan hafsalasi pir bo`lganligini, hatto o`zining filmi haqidagi taqrizlarni o`qimaslikka ont ichganligini aytib o`tdi. Bu kinofestival tarixidagi ilk janjal emas. Fransuz aktyori Jerar Deparde ham kinofestival qatnashchilarining qizil yo`lakchadan ochiq-sochiq kiyimda o`tganligidan norozi bo`lib, ularni qoralagan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!