«Universiada – 2016» musobaqalarining final bosqichi 26 may kuni start oladi

14:27, 18 may

Joriy yilning 26-29 may kunlari Farg`ona shahrida oliy o`quv yurtlari talabalari o`rtasida – «Universiada – 2016» musobaqalarining final bosqichi bo`lib o`tadi. Unda Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardan jamoalar sportning 15 turi bo`yicha bellashadi.

«Universiada» o`yinlari 2000 yili Namangan viloyati, 2002 yili Buxoro, 2004 yili Samarqand, 2007 yili Toshkent shahri, 2010 yili Andijon, 2013 yili Buxoro viloyatida o`tkazildi. Joriy yilda Farg`onada o`tkaziladigan «kichik olimpiada»ga ayni kunda qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda. 

Farg`ona davlat universiteti, Farg`ona politexnika ins¬tituti, Farg`ona olimpiya zaxiralari kolleji sport zallari zamon talablari asosida ta`mirlanib, jihozlandi. Far¬g`ona davlat universitetida 3 200 o`rinli futbol maydoni, yopiq suzish havzasi, uchta voleybol maydoni va engil atletika yo`laklari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Musobaqa ishtirokchilarining yashashi, ovqatlanishi va mazmunli dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e`tibor qaratildi. Farg`ona davlat universiteti va politexnika institutining talabalar turar joyi zamonaviy ta`mirdan chiqarildi.

Sport musobaqalarida 1068 nafar sportchi va murabbiy, 155 nafar hakam hamda yurtimizning mashhur sportchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishi kutilmoqda. Sport musobaqalari 12 ta zamonaviy sport inshootida o`tkaziladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!