Jenevada yirik pushti rang brilliant rekord summaga sotildi

16:26, 18 may

Vazni 15,38 karat bo`lgan pushti rang brilliant rekord summaga 31,5 million dollarga sotildi.  Bu haqda Jenevadagi Sotheby's auksionida xabar berishdi.

"Bu yangi dunyo rekordi… Bu pushti rang brilliant uchun to`langan eng yuqori narx", — deydi auksion tashkilotchisi Devid Bennet. 

Brilliant Osiyo fuqarosi tomonidan sotib olingan.

Sotheby's avvalroq brilliantni 28-38 million dollarga baholagandi.

Brilliant besh yil oldin Janubiy Afrikadan topilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!