Rossiya terma jamoasi Riodagi Olimpiada o`yinlaridan chetlatilishi mumkin

16:37, 18 may

“Doping dasturi” mavjudligi to`g`risidagi ayblovlar tasdiqlansa Rossiya terma jamoasi joriy yilda Rio-de-Janeyroda bo`lib o`tadigan Olimpiya o`yinlaridan chetlatilishi mumkin.

Bu haqda Xalqaro olimpiya qo`mitasi rahbari Tomas Bax Frankfurter Allgemeine Zeitung nemis nashriga ma`lum qildi. 

Navbatdagi doping-mojarosi Moskvaning antidoping labaratoriyasi sobiq boshlig`i Grigoriy Rodchenkovning intervyusidan so`ng avj oldi. Uning aytishicha, Sochidagi qishki Olimpiada o`yinlarining kamida 15 nafar g`olibi “doping dasturining” samarasi sanaladi. 

Rossiyalik atletlarning Olimpiada-2016 ishtiroki WADA o`tkazgan tergov ishlari natijalariga bog`liq, deydi Tomas Bax. 

Agar ayblovlar tasdig`ini topsa, xalqaro federasiyalar va Xalqaro Olimpiya qo`mitasi tegishli qaror qabul qilishga majbur bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!