Britaniyada “arvoh” ko`rinishidagi orangutan odamlarga tomosha ko`rsatdi

16:50, 18 may

Buyuk Britaniyadagi Tuaykross hayvonot bog`ida ajoyib hodisa ro`y berdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Hayvonot bog`idagi orangutanlardan biri yig`ilganlarga o`ziga xos tomosha ko`rsatdi. Ustiga oq choyshab yopinib olgan maymuncha xuddi arvohlarga o`xshab qoldi. 

“Kanatda u yoqdan bu yoqqa yurayotgan orangutan tez-tez yopinchig`ini to`g`irlab turgan. Bu esa yig`ilganlarga zavq bag`ishlagan”, deyiladi xabarda.

Orangutan ishtirokidagi videorolik internetda xit bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!