O`tgan haftada yuz bergan yong`inlarda 2 kishi halok bo`ldi

16:59, 18 may

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 127 ta yong`in qayd etildi. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda ikki nafar fuqaro tan jarohati oldi, yana ikki kishi olamdan o`tdi. Ushbu yong`inlarda 275 million so`mdan ziyod qurilish konstruksiyalari va 280 million so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
 
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro Sh.Murodovning uyida qozondagi paxta yog`ini dog`lash uchun gaz plitasiga qo`yib, uni nazoratsiz qoldirishi oqibatida yong`in kelib chiqqan. Yong`indan uyning 12 kv metr maydonda shift qismi yonib zararlangan hamda uy egasining turmush o`rtog`i, o`g`li va qizi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Farg`ona viloyati Quva tumanida yashovchi fuqaro B.Hoshimovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 80 kv metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. 

Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi fuqaro Y.Maqsudovning molxonasida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, molxonaning 65 kv metr maydonda hamda qo`shnisining molxonasini 20 kv metr maydonda tom qismi va g`amlab qo`yilgan xashaklari yonib zararlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!