“Sevilya” “Liverpul”ni mag`lub etib, uchinchi bor Evropa Ligasi g`olibi bo`ldi

09:55, 19 may

Evropa Ligasi turnirining finalida “Sevilya” jamoasi “Liverpul”ga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida irodali g`alabaga erishdi.  

E`tiborlisi shundaki, Ispan klubi qatorasiga uchinchi marotaba Evropa Ligasi g`olibiga aylanmoqda. “Liverpul” esa mavsumdagi uchinchi finalini qo`ldan boy berdi. 

Evropa ligasi. Final

“Liverpul” (Angliya) – “Sevilya” (Ispaniya) 1:3 (1:0, 0:3)

Gollar: 1:0 – 35 Starridj, 1:1 – 46 Gameyro, 1:2 – 64 Koke, 1:3 – 70 Koke. 

Ogohlantirishlar: Lovren (30), Vitolo (56), Banega (57), Oriji (72), Rami (77), Mariano (84), Klayn (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!