“Islom davlati” Fransiyaga hujumlar tayyorlayotgani ma`lum bo`ldi

11:56, 19 may

Fransiya IIV ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi “Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan Fransiya hududiga yangi hujumlar tayyorlayotganini ma`lum qildi. Bu haqda AFP xabar beradi.

“Biz ID mahalliy jangchilarni jalb qilgan holda yangi hujumlar tayyorlayotganini bilamiz, Fransiya nishon ostida", - deydi fransuz kontrrazvedkasi rahbari Patrik Kalvar.

Uning aytishicha, bugun Fransiya ID va Al-Qoida eng ko`p xavf solayotgan mamlakatlar qatorida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!