Neymar 2022 yilgacha “Barselona”da to`p suradigan bo`ldi!

12:52, 19 may 2016

Ispaniya “Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar kataloniyaliklar rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo. 

Manbaning qayd etishicha, 24 yoshli braziliyalik futbolchining klub bilan yangi kelishuvi 2022 yilgacha mo`ljallangan bo`ladi. 

Ushbu kelishuv, “Sevilya”ga qarshi kechadigan Ispaniya Kubogi finalidan keyin imzolanishi kutilmoqda. Bu esa 22 may sanasidan keyin demakdir. 

Yangi bitimga ko`ra, Neymarning tovon puli 220 million evroga teng bo`ladi. 

Eslatib o`tamiz, Braziliya termasi a`zosining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha mo`ljallangan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!