Farhod: “Shirin do`stim, lekin uni boshqalardan qizg`anaman”

13:11, 19 may

Bugungi kunda o`zbek estradasida faol ijod qilayotgan duetlardan biri Farhod va Shirin  o`zlarining bir-biriga munosabatlari haqida gapirdi. 

“Hordiq” gazetasi muxbiri duetning so`nggi suratlari atrofida paydo bo`lgan mish-mishlar, xususan ularning “Love story” uchun fotosessiya o`tkazgani haqidagi savoliga Shirin quyidagicha javob berdi: 

“ Biz faqat do`stmiz. Fotografning g`oyalari bilan shunday fotosessiya qildik”. 

“Bir-biringizni rashk qilasizmi?” degan savolga esa ularning javobi quyidagicha bo`ldi:

Shirin:

—Yo`q, lekin u meni qizg`anadi.

Farhod:

—Shirin do`stim bo`lishiga qaramasdan, uni rashk qilaman. U bilan turmush qurishni esa o`ylab ko`rganimcha yo`q.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!