AQShlik ayolning o`limi Tramp yoki Klintondan hech biriga ovoz berish istagi yo`qligi bilan izohlandi

13:35, 19 may

AQShda chop etiladigan gazetalardan birida antiqa maqola paydo bo`ldi, deb xabar beradi “Lenta.ru” .

Nashrning ma`lum qilishicha, Virjiniya shtatida yashovchi ayolning o`limi AQSh prezidentligiga Respublikachilardan nomzod  Donald Tramp va Demokratlardan noizod Xillari Klintondan hech biriga ovoz berish istagi yo`qligi bilan izohlangan.  

“Donald Tramp yoki Xillari Klintondan birini tanlash muammosi bilan to`qnash kelgan Richmond shahrida yashovchi ayol Olloh bilan birlashishni afzal ko`rdi”,—deyiladi xabarda.

Gazetaga bu ma`lumotni marhumaning o`g`li bergan. U bu qilmishi bilan o`zining siyosiy qarashlarini va marhuma onasining yumor hissini bildirmoqchi bo`lgan. Aslida esa, 68 yoshli ayol o`pka saratonidan vafot etgan.

Marhuma uzoq yillar hamshira bo`lib ishlagan. U turmush o`rtog`i bilan 46 yil birga umr guzaronlik qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!