Perudagi maktablardan birida dahshatli hodisa ro`y berdi

15:16, 19 may

Peruning Tarapoto shahridagi maktablardan birida dahshatli hodisa ro`y berdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

100 ga yaqin 11 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan o`quvchilar qalin va uzun soqolli qora arvohni ko`rishganini, u o`quvchilarni bo`g`ib o`ldirish bilan tahdid qilganini ma`lum qildi. Arvohni ko`rgan o`quvchilar tez-tez hushini yo`qotgan, deyiladi xabarda. Janubiy Amerika OAVlari Peru shimolida yuz bergan mazkur sirli va dahshatli hodisa haqida yozishmoqda.  

Joriy yilning aprel oyida ham Tarapoto shahridagi maktablardan birida 100 nafar o`quvchilar darsda hushidan ketib qolib, uzoq muddat o`zlariga kelolmagan edi. Maktab o`quvchilari talvasaga tushib qolgan edi. Ulardan aksariyati bir xil mazmundagi so`zlarni ya`ni qora arvoh ularni o`ldirmoqchi bo`lganini aytgan edi. 

Mahalliy hukumat vakillari va shifokorlari ro`y bergan hodisaning sabablarini tushuntirib bera olmayapti. Perulik parapsixologlarning aytishicha, maktabdagi dahshatli hodisa “qora ruhlarning uyg`onishi” bilan bog`liq. Gap shundaki, maktab qabriston o`rniga qurilgan. Mazkur qabristonga esa yirik jinoiy guruhlar vakillari dafn etilgan. 

Boshqa bir taxminga ko`ra, maktab joylashgan hududda bundan bir necha yil ilgari terakt yuz berganida u erda halok bo`lgan odamlarning qoldiqlari qolib ketgan. Shu sababli ham maktab o`quvchilari o`zlarini g`alati tutmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!