Bulung`urlik 8 yoshli Isfandiyor Mahmudov Ispaniyadagi xalqaro tanlovda g`olib bo`ldi

15:17, 19 may

Yosh musiqachilarning Ispaniyada bo`lib o`tgan Sea Sun Festival xalqaro tanlovida bulung`urlik 8 yoshli Isfandiyor Mahmudov birinchi o`rinni egalladi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar bermoqda.

– Festivalda dunyoning 13 mamlakatidan 300 nafarga yaqin yosh musiqachilar o`z mahoratlarini namoyish etdi, – deydi Bulung`ur tumanidagi 9-son bolalar musiqa va san`at maktabi direktori Sherbek Yormatov. – Eng yosh ishtirokchi sifatida Isfandiyor qo`lga kiritgan ushbu yutuq nafaqat biz, balki u tahsil olayotgan 23-umumta`lim maktabi jamoasi, ota-onasi, tengdoshlari ko`ngliga faxr-iftixor tuyg`ularini singdirdi.

Isfandiyorning gitarada ijro qilgan – dunyoning mashhur kompozitorlari tomonidan bastalangan «Vals», «Blyuz» musiqiy asarlari tomoshabinlar olqishiga, jahon musiqa san`ati namoyandalari e`tirofiga sazovor bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!