Misrning aviasiya hukumati A320 halokatini tasdiqlashdi: ekspertlar buni terakt deb atashmoqda

15:48, 19 may

Misr fuqaro aviasiyasi Vazirligi EgyptAir aviakompaniyasiga qarashli laynerning halokatga uchraganini ma`lum qildi. Parijdan Qohiraga yo`l olgan layner radar ekranlaridan Misr sohillaridan 280 kilometr uzoqda yo`qolgan.

Samolyotda 12 ta davlatning fuqarolari bo`lgan. Ro`yhatda 15 nafar fransuz, 30 misrlik, britaniyalik, belgiyalik, ikki nafar iroqlik, Quvayt, Saudiya Arabiston, Sudan, Chada, Portugaliya, Aljir, Kanada fuqarolari bo`lgan. Laynerda bo`lgan yo`lovchilar soni 56 nafarni ekipaj a`zolari esa 10 kishini tashkil qilgan.

Ayni damda O`rta er dengizida layner qidirilmoqda.

Misr aviasiya vazirligidagi manbalarning xabar berishicha, yo`qolgan samolyot O`rta er dengiziga qulashdan oldin bo`laklarga bo`lingan.

Fransiya hukumati halokatning hech qaysi talqinini inkor etishmayapti.

Aviasiya ekspertlarining fikrlaricha, samolyot bortida terakt sodir etilgan bo`lishi mumkin. Sababi samolyot yo`qolishdan oldin halokat haqida hech qanday signal bermagan. Ekspertlar shu sababli bu bir onda sodir etilgan terakt ekanligi to`g`risidagi talqinni ilgari surishmoqda.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!