Forbes rossiyalik milliarderlarning eng badavlat merosxo`rlari reytingini e`lon qildi

16:03, 19 may

Forbes jurnali rossiyalik milliarderlarning eng badavlat merosxo`rlari reytingini e`lon qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Jurnalistlar rossiyalik milliarderlardan 20 nafarini tanlab oldi. Ularning farzandalarining har biriga esa 1,82 milliard dollar meros to`g`ri keladi. 

Forbes talqiniga ko`ra, Rossiyadagi eng badavlat merosxo`r “Lukoyl” kompaniyasi aksioneri Vagit Alekperovning o`g`li Yusuf hisoblanadi. U tadbirkorning yagona merosxo`ri bo`lib, unga 8,9 milliard dollar meros bo`lib qolishi mumkin. Ikkinchi o`rinni esa “Evroxim” va SUEK kompaniyalari egasi Andrey Melnichenkoning to`rt yoshli qizi Tara Melnichenko egalladi. Otasidan bu qizchaga 8,2 milliard dollar miqdoridagi meros qoladi.

Uchinchi o`rinni “Novatek” va “Sibur” kompaniyalari prezidenti Leonid Mixelsonning 24 yoshli qizi Viktoriya va 1 yoshli o`g`liga nasib etdi. Ularning har biriga 7,2 milliard dollar miqdorida meros qoladi.

Reytingning eng badavlat merosxo`rlar o`ntaligiga  “Alfa Grupp”, “Magnit” supermarketlari tarmog`i, “Uralkiya”, “Renova” kabi yirik kompaniyalar egalarining farzandlari ham kiritilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!