Jamalani “Evrovidenie” shartlarini buzganlikda ayblashdi

16:35, 19 may

Ukrainalik jurnalist va bloger Anatoliy Shariyning atyishicha, uning vatandoshi Jamala “Evrovidenie” ko`rik-tanlovi shartlarini buzgan. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Uning so`zlariga ko`ra, Jamalaning “1944” qo`shig`i 2015 yilning 1 sentyabrigacha ijro etilgan. Bu esa tanlov shartlariga to`g`ri kelmaydi. Shariy o`zining You tube`dagi kanalida Jamala ijrosidagi qo`shiqning ancha avval kuylangani haqidagi ma`lumotni taqdim etgan.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko jurnalislar bilan suhbatda Jamala ijrosidagi “1944” qo`shig`i avval “Qrim bizniki” deb atalgani va xonanda uni dastlab tatar tilida kuylaganini aytgan. Bu esa blogerda qo`shiq avval ham ijro etilgani yoki etilmaganini tekshirib ko`rish istagini tug`dirgan. 

“Evrovidenie” ko`rik tanlovining shartlariga ko`ra, tanlovda ijro etiladigan qo`shiq o`tgan yilning 1-sentyabrigacha tarqalmasligi kerak.  Agarda qo`shiq ko`rsatilgan muddatga qadar tarqalib ketgan bo`lsa, maxsus hay`at a`zolari ishtirokida ushbu qo`shiqning tanlovda ishtirok etishi mumkin yoki mumkin emasligi masalasi ko`rib chiqilishi lozim. 

Ma`lumot uchun, “Evrovidenie” ko`rik tanlovining final bosqichi Stokgolm shahrida o`tkazildi. Jamala milliy hay`at a`zolari va teletomoshabinlar bergan ovozlar natijasida g`olib deb topildi. Tanlovning ikkinchi o`rnini avstraliyalik xonanda Demi Im, uchinchi o`rnini esa rossiyalik qo`shiqchi Sergey Lazarev egalladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!