May-iyun oyida Mars Erga juda yaqin keladi

17:06, 19 may

Shu haftada Er sayyorasi aholisi janubi-g`arbda yorqin sariq "yulduz"ni ko`rishadi. Bu Mars bo`ladi, u 10 yildan buyon birinchi marta 76 million kilometr masofada bizning sayyoramizga yaqinlashadi, deya xabar beradi Sky & Telescope jurnali.

"Shunchaki qorong`u tushganda janubi-g`arbga qarang va siz Marsni ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Mars hozir boshqa paytlardan ko`ra dahshatli darajada katta ko`rinadi", — deydi astronom Alan Makrobert.

Uning so`zlariga ko`ra, Mars va sayyoramizning uchrashuvi uzoq davom etadi – qizil sayyora Erga 12 iyunga qadar juda yaqin bo`ladi. Marsning Erga eng yaqin kelish sanasi 30 mayga to`g`ri keladi, shunda sayyoralar o`rtasidagi masofa 47,2 million kilometrni tashkil qiladi.

Olimlarning aytishicha, bu Mars va Erning 2003 yil avgust oyidan beri eng yaqin kelganidir, u vaqtda sayyoralarning bir-biriga yaqin kelish masofasi 55,7 million kilometrni tashkil qilgan.

Marsning Erga yaqinlashishi olimlarga qizil sayyora haqida ko`proq ma`lumot olish imkonini beradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!