Lola bolalar kuniga ajoyib tuhfa hozirladi(Foto)

09:56, 20 may

Xonanda Lola 1-iyun—Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan jajji muxlislariga ajoyib sovg`a tayyorladi. U o`zining Instagram`dagi sahifasida “Erkatoy” qo`shig`iga klip suratga olish ishlari yakunlangani va tez kunda eng kichik muxlislari yangi ijod namunasidan bahramand bo`lishlari mumkinligi haqida yozib qoldirdi. 

Lola mazkur klipni suratga olish uchun bolalar o`rtasida kasting e`lon qilgani haqida xabar bergan edik. Ma`lumotlarga ko`ra, kastingga 5000 dan ortiq fotosuratlar kelib tushgan. 3000 nafardan ortiq bolalar esa kastingda ishtirok etgan. Ulardan 200 nafari klipda suratga tushish uchun saralab olingan. 

Klipni rejissyorlar Narimon Sultonxo`jaev va Sanjar Matkarimov suratga olgan. “Erkatoy” klipi tez kunda taqdim etiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!