EgyptAir samolyotining bo`laklari Karpatos orolida topilganligini xabar berildi

10:32, 20 may

Misr fuqaro aviasiyasi Vazirligi mamlakat TIV rasmiy xat oldi. Unda aytilishicha, Parijdan Qohiraga yo`l olgan EgyptAir samolyoti bo`laklari Gresiyaning Karpatos oroli hududlaridan topilgan. Bu haqda EgyptAir saytida ma`lum qilindi.

Yo`lovchi va ekipaj a`zolarining oilalariga bu xabar etkazilgan. Bo`laklarni Misr va Gresiya mas`ul organlari qidirishda davom etmoqda.

EgyptAir samolyoti radar ekranlaridan 19 may kuni yo`qolgan. Uning bortida 12 mamlakat fuqarosi bo`lgan: 56 yo`lovchi, uch nafar xavfsizlik xizmati xodimi va etti nafar ekipaj a`zosi. 

Gresiya mudofaa vaziri Panos Kammenos layner yo`qolishdan oldin g`alati manyovrlar amalga oshirganini ma`lum qilgan.

Samolyotni izlashda Gresiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kipr, Italiya va Misr mutaxassislari hamda harbiylari ishtirok etishmoqda.

Misr Prezidenti Abdel Fattax as-Sisi fuqaro aviasiyasi vazirligi, armiya qidiruv-qutqaruv markazi, harbiy havo kuchlariga bo`laklarni qidirishda zaruriy choralar ko`rishni, shuningdek tergov qo`mitasiga zudlik bilan layner yo`qolishi sabablarini o`rganishni buyurgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!