O`zbekiston dunyo bo`yicha choyni sevuvchi mamlakatlar orasida etakchi bo`ldi

10:37, 20 may

Bu haqda Independent nashri Euromonitor International tadqiqotlari natijalariga  asoslangan holda ma`lumot berdi, deb xabar berdi  “Uz24.uz.” nashri.

“Choy yoki qahva? Qaysi mamlakatda bu ichimliklar ko`proq ichiladi?” degan mavzuda o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida O`zbekistonning 99,6 % aholisi qahvadan ko`ra choyni ma`qul ko`rishlarini bildirishgan. Choyni sevuvchi mamlakatlar o`ntaligiga O`zbekistondan tashqari Keniya,  Ozarbayjon, Pokistan, Xitoy va  Qozog`iston kiritilgan. Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ushbu tadqiqotga kiritilmagan. 

Bundan tashqari Rossiyaning 77,5 % aholisi choyni, 22,5 % qahvani, Ukrainada esa 67,6 % aholi asosan choyni, qolgani esa qahvani sevib iste`mol qilishlarini bildirishgan.

Qahvani sevuvchi mamlakatlar ro`xatida Gvatemali davlati etakchilik qilmoqda. Mamlakatning 99,6 % aholisi asosan qahva ichishlarini bildirishgan. Qahvani sevuvchi mamlakatlar beshtaligiga Dominikan Respublikasi, Braziliya, Ekvador va Kosta-Rika davlatlari kiritilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!