Futzal. O`zbekiston JCh-2016 da guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Panama bilan o`ynaydi

10:53, 20 may

Bugun Toshkent vaqti bilan tonggi 04:00 da Kolbumbiyada o`tkaziladigan futzal bo`yicha jahon chempionati (10 sentyabr – 1 oktyabr) bellashuvlariga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Unga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi musobaqaning "A" guruhidan joy oldi. Tabiiyki, "A" guruhida birinchi raqamli raqib bu mezbon terma jamoa – Kolumbiya bo`ladi. Shuningdek, guruhdan Panama hamda Portugaliya terma jamoalari ham o`rin egallagan. 

Quyida terma jamoamizning o`yinlar taqvimi bilan tanishasiz: 

1-tur. 10.09.2016 
O`zbekiston – Panama (Kali) 

2-tur. 13.09.2016 
Kolumbiya – O`zbekiston (Kali) 

3-tur. 16.09.2016 
Portugaliya – O`zbekiston (Medelin) 

"A" guruhi: Kolumbiya, Portugaliya, O`zbekiston, Panama

"B" guruhi: Tailand, Rossiya, Kuba, Misr

"C" guruhi: Paragvay, Italiya, Vetnam, Gvatemala

"D" guruhi: Ukraina, Braziliya, Mozambik, Avstraliya

"E" guruhi: Argentina, Qozog`iston, Salomon Orollari, Kosta-Rika

"F" guruhi: Eron, Ispaniya, Marokash, Ozarbayjon
Jamoalar 6 guruhda g`oliblik uchun kurashga kirishishadi. Har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o`rin egalari, shuningdek eng yaxshi natija qayd etgan 4ta uchinchi o`rin sohiblari  nimchorak finalga yo`l oladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!