Italiyada dunyodagi eng uzun pissa tayyorlandi

11:40, 20 may

Italiyaning Neapol shahrida dunyodagi eng uzun pissa pishirildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Pissaning uzunligi 1854 metrni tashkil etadi. Rekordni o`rnatishda 250 nafar oshpaz ishtirok etadi. Pissa oliti soat 11 daqiqa davomida pishirildi. Pissa uchun ikki ming kilogramdan oshiqroq un, 1,6 ming kilogram pomidor pastasi, ikki ming kilogramm mosarella pishlog`i, ikki yuz litr zaytun yog`i ishlatildi. 

Uzun pissa Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Shundan so`ng esa pissa bir necha bo`laklarga bo`linib, shahardagi kam ta`minlangan oilalarga va hayriya tashkilotlariga ulashildi. 

Neapollik oshpazlar o`zlari tug`ilib o`sgan shaharlari dovrug`ini dunyoga taratish uchun mazkur rekordni o`rnatishga qaror qilishdi. 

Shunga o`xshash uzun pissa bundan avval 2015 yilda Milan shahrida pishirilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!