Kamchatkadagi kafe yonida ayiq otib o`ldirildi

14:04, 20 may

Kamchatkaning Elizov tumanidagi dala hovlilardan iborat mavzeda joylashgan qahvaxonalarning biri yonida, odamlarning hayotiga xavf soluvchi quturgan ayiqni polisiyachi va ovchilar otib o`ldirishdi, deb xabar berdi “Vesti” nashri.

Kamchatkada har yili bunday voqealar qayd etiladi. 2015 yilning o`zida aholi yashaydigan joyga tashrif buyurgan maymoqlar haqida 400 dan ortiq xabar tushgan. Yirtqichlarning 53 nafari o`ldirilgan. Ayiqlar panjasidan bir kishi halok bo`lgan, 3 kishi tan jarohati olgan. 2014 yilda esa ovchilar odamlar hayotiga xavf tug`dirgan 40 ta ayiqni yo`q qilishgan.

2013 yil esa g`ayrioddiy yil bo`lgan, odamlarni himoya qilish uchun 140 nafar ayiq otib tashlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!