Jonli efirda boshlovchi o`rgimchakni ko`rib qichqirib yubordi(Video)

14:42, 20 may

AQShning mahalliy SVS telekanali tomoshabinlari oddiy ob-havo ma`lumotlari haqidagi ko`rsatuvdan shunchalik kuchli, ijobiy quvvat olishlarini xayollariga ham keltirishmagan edi, deb xabar berdi “Vesti” nashri. 

Ob-havo ma`lumotlarini o`qiydigan boshlovchi Brayan Xyuz G`arbiy Virjiniyada yog`ilishi kutilayotgan yomg`ir haqida ma`lumot berayotganda, ko`z ko`rib, quloq eshitmagan voqea ro`y berdi. 

O`rgimchak kameraga osilib turgandan, katta ko`rinib, plazmadan butun studiyaga signal tarqalgan. Brayan Xyuz o`rgimchaklardan o`lguday qo`rqqani bois, dahshatdan qichqirib yuborgan. Bir necha soniyalik uzilishdan keyin teleboshlovchi o`zining qilig`idan kulish uchun zo`rg`a kuch topgan. Ammo ana shu bir necha soniyalik kulgili voqea ko`rsatuv reytingining oshishiga sabab bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!