86 yoshli amerikalik etishmovchilik sabab kasal rafiqasini otib o`ldirdi

15:13, 20 may

AQShning Florida shtatida yashovchi erkak suyak og`rig`idan aziyat chekayotgan rafiqasini otib o`ldirdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

86 yoshli Uilyam Xeyger o`zining 78 yoshli rafiqasi Kerolinni u uxlayotgan paytda otib tashlagan. So`ng u o`ziga qahva damlab ichgan va qilgan ishi haqida aytish uchun qizlariga qo`ng`iroq qilgan. Shundan so`nggina qariya 911 xizmatiga qo`ng`iroq qilgan va qotillik sodir etganini tan olgan. 

Xeyger polisiyachilarga qarata: “Men sizlarga avvalroq xabar bermaganimdan afsusdaman. Biroq men dastlab farzandlarimga xabar berishni ma`qul ko`rdim”.

Erkak, shuningdek qotillik sodir etishni bir necha kun davomida o`ylab yurganini ma`lum qilgan. 

Kerolin 15 yildan beri artritning og`ir formasidan aziyat chekib kelardi. So`nggi paytlarda uni kuchli og`riqlar qiynardi. U turmush o`rtog`iga bir necha bor o`lishni istashini aytgan, biroq eridan o`zini otib tashlashni so`ramagan edi. 

Pensionerning aytishicha, og`riqsizlantiruvchi dorilarning narxi ko`tarilib ketgani bois u rafiqasi bilan etishmovchilikdan aziyat chekardi. Majburiy tibbiy sug`urta badali esa Kerolinning dorilariga etmasdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!