Xitoyliklar ingliz klubini sotib oldi

16:02, 20 may

Angliyaning "Aston Villa" jamoasining matbuot-xizmati klub egalari o`zgarganini e`lon qildi.

2006 yili birmingemlik klubni sotib olgan amerikalik ishbilarmon Rendi Lerner 62,2 million funt evaziga "Aston Villa"ni Xitoyning Recon Group kompaniyasiga sotib yubordi.

Kelishuv qiymati 60 million funtni tashkil qilgani xabar qilinmoqda. Xitoyning Recon Group xoldingi xitoylik tadbirkor Toni Syaga tegishli.

Ma`lumot uchun, "Aston Villa" yakunlangan mavsumda o`z tarixida ilk bor Angliya Premer-ligasini tark etib, quyi divizion – Chempionligiga  tushib ketdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!