Muhabbatning ona va buvilarimiz bilmagan 7 muammosi

16:25, 20 may

Mobil telefonlar va internet sevishganlarni ajdodlaridan ko`ra ko`pgina muammolardan xalos etdi, deb xabar beradi “Sosmopolitan” nashri. 

Ilgarilari muloqot qilish uchun sevishganlarda bunday imkoniyatlar bo`lmagan. Uchrashuvga chiqqan yigit qizni kutadi, ammo yigit ketib qolgandan keyin bir necha daqiqa o`tar-o`tmas qiz keladi... Yigit qizning manzili yozilgan xatchani cho`ntagidan olishni unutib, shimini yuvadi va qizni bir umrga yo`qotadi... Yigit Shimolga ketadi va shu bilan aloqa uziladi... Hozirda bu voqealarning barchasi o`tmishda qolgan. Yangi texnologiyalarga o`rgangan yangi avlod bunday voqealarni tasavvur ham qilolmaydi. Ammo ularning ham o`ziga xos muammolari mavjud, marhamat ular bilan tanishing.  

1. Unga tez-tez SMS xabar yozmang

Amerikada o`tkazilgan tadqiqot va so`rovnomalar natijasida yigitlar sevgan qizidan bir kunda 5 tadan ortiq SMS xabar olishni istamasliklari aniqlangan. Boshqa mamlakatning kuchli jins vakillari ham amerikaliklardan qolishmas ekan. Bema`ni xabarlarni dunyoning hamma joyida ham yoqtirishmaydi.

2. Shoshilinch xulosa chiqarmang

O`tgan asrda sevgan yigiti bilan urushib qolgan qiz unga xabar yuborish uchun ruchka, bir varaq qog`oz, konvert, marka topishi lozim bo`lardi. U xatni yozib bo`lgach, yuborish uchun pochtaga borishi, ammo yo`l davomida fikridan qaytish imkoni ham mavjud edi. Hozirgi zamonda esa yigiti bilan urushib qolgan qiz telefoniga qo`l uzatsa bas... Har qanday sharoitda ham shoshilinch xulosa chiqarmay, o`zingizni qo`lga olsangiz, olam guliston!

3. Ijtimoiy tarmoqdagi ochiq suratlar

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga ochiq-sochiq kiyimdagi suratingizni joylashtirganmisiz? Har qanday yigit sevgan qizining go`zalligidan faxrlanadi. Ammo ular bu go`zallikdan boshqalarning ham bahramand bo`lishini istamaydilar.

4. Siz turmush o`rtog`ingizga unchalik yoqmaydigan sahifaga "layk" bosdingiz

Tasavvur qiling, siz "Haqiqiy erkaklar kamayib ketgan" yoki "Shaharning eng ko`rkam erkaklari rasmlari" kabi guruhga "Layk" bosdingiz. Bu xuddi sizning turmush o`rtog`ingiz "Ayollarning insoniyatga zarari" yoki "Shahardagi intim xizmatlar" guruhiga a`zo bo`lganidek gap.

5. Telefonsiz ham yashasa bo`ladi

Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan suratlaringizga necha kishi “layk” bosganini ko`rish uchun hatto vannaga ham telefon ko`tarib kiradigan bo`lsangiz, turmush o`rtog`ingiz birortasi bilan yashirincha xat yozishyapti degan shubha-gumonga borishi mumkin.

6. Uydagi gapni ko`chaga tashimang

O`ylamay qilingan ish tufayli odam o`ziga ko`pgina ko`ngilsizliklarni orttirib olishi mumkin. Jahl kelganda, aql ketadi deyishdi. Sevgan insoningiz bilan orangizdagi munosabatlar haqida olamga jar solmang, nima bo`lgan taqdirda ham bu faqat ikki kishiga tegishlidir, undan boshqalarning ham xabar topishi shart emas. Hech qachon sevgan insoningiz bilan bo`lgan nizolarni ijtimoiy tarmoqda muhokama qilmang. 

7. Tushunmovchiliklarga olib keladigan munosabatlar statusi 

Ba`zilar uchun ijtimoiy tarmoqdagi statusi bosh qotiradigan narsa bo`lib tuyulmasa, ba`zilar uchun jahonshumul ahamiyatga ega bo`ladi. Ba`zilar ataylab, boshqalarni o`ziga jalb etish uchun statuslariga shunday so`zlarni yozishsa, ba`zilar esa sevgan insoni bilan “Nima uchun men haqimda statusingizda yozmadingiz? Demak meni sevmaysiz!” deb janjal ko`taradi. Shuning uchun statusga biror nima yozayotganda ehtiyot bo`lib, etti o`lchab, bir kesib yozing.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!