iPhone 6 eng arzon va eng qimmat sotilayotgan mamlakatlar sanab o`tildi

16:36, 20 may

Butun dunyoda sotilayotgan mahsulotlar narxini tahlil qiluvchi Deutsche Bank o`zining navbatdagi hisobotini chop etdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda. 

Mazkur hisobotda iPhone 6 smartfoni qaysi mamlakatda qanchaga sotilayotgani haqidagi ma`lumotlar ham o`rin oldi. Shunga ko`ra, iPhone 6 smartfonining eng qimmat narxi Braziliyada qayd etildi. Ma`lum bo`lishicha Braziliyada iPhone 6`ning narxi 931 dollarni tashkil etadi. Bu esa smartfonning AQShdagi narxidan 1,5 baravar qimmat degani.

O`tgan yili iPhone 6 Braziliya milliy valyutasining dollarga nisbatan arzonroqligi hisobiga 1254 dollardan sotilgan edi. iPhone 6 sotib olish uchun qimmat mamlakatlar qatorida Indoneziya ikkinchi o`rinni zabt etdi. Bu erda smartfonning narxi 865 dollar. Shvesiya(796), Hindiston(786) va Italiya(766) kabi mamlakatlardan ham iPhone 6 sotib olish tavsiya etilmaydi. 

iPhone 6 smartfonini AQShda eng arzon narxda sotib olish mumkin. Mazkur mamlakatda iPhone 6`ning narxi—596 dollar. Shuningdek Gongkong(604 dollar) va Yaponiya(637 dollar)da ham iPhone 6 smartfonini nisbatan arzonroq narxlarda sotib olish mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!