Rossiya liberal demokratik partiyasi a`zolari ishga velosiped va roliklarda kelishdi

16:37, 20 may

Juma kuni Rossiya liberal demokratik partiyasi a`zolari Davlat dumasiga velosipedda, samokatlarda va roliklarda kelishdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Liberal-demokrat Mixail Degtyarevning ma`lumot berishicha, juma kuni Rossiyada “Ishga velosipedda” nomli aksiya o`tkazilgan. Partiyaning barcha a`zolari rahbar Vladimir Volfovich Jirinovskiy rahbarligida Dumaga ekologik jihatdan qulay bo`lgan transport — velosiped, samokat va roliklarda kelishgan. Partiya rahbari Jirinovskiy ham ishga velosipedda kelgan. Degtyarevning ta`kidlashicha, fraksiya parlamentning quyi palatasi raisi Sergey Narishkindan Davlat dumasi yonidan velosipedlar uchun turargoh ajratishni so`ragan.

“Ishga velosipedda” aksiyasi nafaqat Moskvada, balki Rossiyaning boshqa shaharlarida ham o`tkazilgan. Bu aksiyani o`tkazishdan maqsad — velosiped ulovning eng qulay turlaridan biri ekanligini ko`rsatishdir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!