Toshkent viloyatida omborxonasida “marixuana” saqlayotgan fuqaro qo`lga olindi

15:13, 21 may

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 1940 yilda tug`ilgan, mahalliy aholiga mansub fuqaroning uyidagi omborxonasida 1 kilogramm 500 grammdan ortiq miqdordagi «marixuana» giyohvand moddasi yashirib qo`yilgani aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!