Toshkentning Sog`bon ko`chasida 3 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH yuz berdi(Foto)

17:24, 22 may

Toshkent shahri Sog`bon ko`chasida uchta avtomobil ishtirokida yirik yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari xabar berdi.

Guruhdagi xabarga ilova qilingan suratlarda Captiva,Matiz va Jiguli avtomobillari ishtirokida avariya yuz berganini ko`rish mumkin. Internet foydalanuvchilari mazkur yo`l –transport hodisasining qanday yuz bergani yuzasidan o`z taxminlarini keltirib o`tmoqda. Kimdir hodisa issiq ob-havo sabab yuzaga kelganini aytsa, boshqalar avtomobillardan biri yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzgani uchun yana ikki haydovchi zarar ko`rganini aytishmoqda. Suratlarda Jiguli avtomobilining yo`lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgani va Captiva avtomobilining yo`lning qarama-qarshi bo`laaklarini bir-biridan ajratuvchi chizig`i ustida turgani aks etgan.

 

Guvohlardan birining ma`lum  qilishicha, avariya oqibatida Matiz haydovchisining boshi qattiq jarohatlangan. Yo`l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan boshqa haydovchi yokt yo`lovchilar haqida ma`lumotlar keltirilmagan.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!