Lola “Sog`indim” klipidagi xatoliklarni topgan muxlisi bilan uchrashadi

09:57, 23 may

Xonanda Lola o`zining ashaddiy muxlisi bilan uchrashishi va unga shaxsan o`zi sovg`a berishini ma`lum qildi. Buning uchun nima qilish kerak? Hammasi oddiy. Tanlovda ishtirok etish istagida bo`lgan muxlislar “Sog`indim” klipini diqqat bilan tomosha qilishlari kerak. 

“Jahonning taniqli rejissyorlari 2-3 soatlik filmlarda xatoliklarga yo`l qo`yadi. Bizning rejissyorlar esa hatto 3 daqiqalik klipda ham xato qilishga muvaffaq bo`lishadi. Siz mening yangi ‘Sog`indim’ klipimda xatoliklarni sezdingizmi? Agar topgan bo`lsangiz xatolik klipning qaysi soniyasida ekanligini #lola #sogindim xeshtegi bilan ko`rsating va men bilan uchrashib, sovg`a olish imkoniyatini qo`lga kiriting! 48 soatdan so`ng 5 nafar g`olib tasodifiy sonlar generatori yordamida tanlab olinadi. Imkoniyat har bir to`g`ri javob bergan inosnda bor! Omadingizni sinab ko`ring!”,— deb yozadi Lola o`zining Instagram`dagi sahifasida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!