Rayhon dam olish kunlarini farzandlariga bag`ishladi(Foto)

10:07, 23 may

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon dam olish kunlarini farzandlari bilan maroqli tarzda o`tkazdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi. 

Xususan, Rayhon farzandlari Islom va Imron bilan hayvonot bog`iga bordi. O`g`illariga favvoralarni ko`rsatdi. Hatto ular bilan birga stadionga borishga ham ulgurdi. 

Yakshanba kuni esa xonanda yosh toshabinlar teatriga Islom va Imron bilan birgalikda bordi. Mazkur teatrda xonandaning farzandlari “Uch cho`chqacha” spektaklini maroq bilan tomosha qildi. Ayniqsa ularga aktyor Xasan Solihov ijrosidagi Bo`ri obrazi manzur bo`ldi. Bu haqda xonanda Instagram`dagi sahifasida aytib o`tar ekan, Xasan Solihovga taklif uchun rahmat aytishni ham unutmadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!