Jarohat olgan Luis Suares zaxira o`rindig`ida yig`ladi

11:38, 23 may

“Barselona” klubi hamda Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares “Sevilya”ga qarshi (2:0) Ispaniya Kubogi finalida jarohat oldi va mamlakat termasi safida "Kopa Amerika" turnirini o`tkazib yuborishi mumkin.

Uchrashuvning 57 daqiqasida urugvaylik futbolchi jarohat olib, qiyinchilik bilan maydonni tark etdi. Zaxira o`rindig`ida o`tirgan Suares og`riqdan ko`z yoshlarini tiya olmadi. Uning safga qaytish muddati noma`lum.

"Ha, afsuski Suares jarohat oldi. U klubi shifoxonasida tibbiy ko`rikdan o`tganidan so`ng jarohat qay darajada jiddiy ekanini bilib olamiz", – dedi "Barselona" ustozi Luis Enrike. 

Eslatib o`tamiz, "Kopa Amerika" turniri 4 iyun kuni start oladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!