Tailandda maktab-internetdagi yong`in oqibatida 17 nafar o`quvchi halok bo`ldi

11:43, 23 may

Tailandning shimolidagi maktab internet binosida yuzaga kelgan yong`in oqibatida 3 dan 13 yoshgacha bo`lgan 17 nafar o`quvchi qiz halok bo`ldi, yana 5 nafar o`quvchi kuchli kuyish tan jarohati oldi, ikki nafar qiz bedarak yo`qolgan.

Yong`in yakshanba kuni tungi 23.00 da yuz berdi. Yong`in yuzaga kelgan vaqtda binoda 38 nafar qiz bo`lgan, ayrimlari uxlamagani sababli qochib chiqishga muvaffaq bo`lgan. Uyquga ketgan qizlar esa halok bo`lgan.

Halokat yuz bergan maktab Tailand shimolidagi tog`li tumanlardan bo`lgan qizlar uchun ochilgan xususiy hayriya muassasa sanaladi.

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!