Ko`cha yuzini ifloslantirayotgan sutchilar faoliyati tanqid ostiga olindi

12:31, 23 may

Qo`yliq buyum bozori yonida Toshkentning ayrim chekka tumanlaridan kelib, sut va sut mahsulotlari savdosi yo`lga qo`yilgani hech kimga sir emas. 

Mazkur holatdan olingan suratni Feysbuk foydalanuvchilaridan biri o`zining sahifasiga joylab, ularning ushbu hududni ifloslantirishidan shikoyat qildi.

“Yo`l ustida sut mahsulotlari bilan savdo qiladiganlardan mahsulot harid qilish bu albatta iste`molchining shaxsiy ishi. Ammo buning oqibatida shahar ifloslanishi, piyodalar o`tish yo`lakchasining to`sib qo`yilishi – jonga tegar ekan...”

Darhaqiqat, ushbu suratda yo`l chekkasida savdo bilan shug`ullanib, avvalo shahar ko`rkiga ziyon etkazayotgan, ikkinchidan yo`l harakatiga halal berayotgan holatni guvohi bo`lish mumkin. Bas, ularning mahsulotlariga haqiqattan talab bor ekan, ehtimol ular uchun ichkariroqdan alohida joy qilib bergan maqsadga muvofiq bo`larmidi... 

Ushbu holat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli choralar ko`rilishiga umid qilib qolamiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!