Amerikalik qiz Disneylendga 22 yil avval sotib olingan chipta bilan kirdi

14:17, 23 may

AQShlik 27 yoshli Chelsi Xyorlayn Florida shtatida joylashgan Disney World ko`ngilochar bog`iga 1994 yilda sotib olingan chipta yordamida kirdi, deb xabar beradi “Tjournal” nashri. 

Ko`ngilochar bog` xodimlari to`rt yoshida kasallik sabab bog`ga kela olmagan qizni qo`llab-quvvatladi va unga 22 yil avval sotib olingan chipta bilan hordiq chiqarishga ruxsat berdi.

Chelsi to`rt yoo`sha to`lganida unga otasi Disneyland`ni 4 kun aylanish imkonini beruvchi chipta sotib olib bergan edi. O`shnada qizcha bog`ni 3 kun aylanganidan so`ng, tobi qochib, uning zahirasida yana bir kun qolgan edi. 

Oradan 22 yil o`tib, Chelsining otasi eski seyfidan chiptani topib oldi va uni qiziga berdi. Chelsi esa xuddi o`sha payt Orlandoga bormoqchi bo`lib turgan edi. Chipta sotib olingan  istirohat bog`i mazkur shaharga yaqin hududda joylashgan. 

Chelsi istirohat bog`iga kelganida, nazoratchi uning qo`lidagi chiptani ko`rib, hayratga tushdi. Biroq, bog` ma`muriyati ularning chiptasi cheklanmagan muddatgacha amal qilishini bildirib, qizga yangi chipta berishdi. 

Shuningdek, bog` ma`muriyati xodimlari Chelsiga “Abadiyatga birinchi tashrif” yozuvi bitilgan maxsus belgili taqinchoq ham berishdi. Shunday qilib, Chelsi bolaligidanoq qadrli bo`lgan attraksionlarda to`rt soat vaqt o`tkazib, hordiq chiqardi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!