Davron Kabulov kuyovnavkar bilan kelinnikiga tashrif buyurdi (Foto)

16:01, 23 may

Taniqli teleboshlovchi Davron Kabulov bugun uylanayotgani haqida avvalroq xabar bergandik. Ayni damda Davron Kabulov kuyov navkar bilan kelinning uyiga tashrif buyurdi.

Ushbu onlardan muhrlangan suratlar san`atkorlarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga birin-ketin joylanmoqda. 

Suratda guvohi bo`lganingizdek, kuyov jo`ra vazifasini to`rt farzandning otasi, baxtli oila sohibi Jahongir Poziljonov o`z zimmasiga olgan. 

Kuyov navkarda san`atkorlardan Alisher Uzoqov, Botir Yaminov, Oybek, Tohir Usmonov, Sherzod Bin, va “Millionchilar” jamoasini ko`rish mumkin.

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!