Aktrisa Yulduz Rajabovaning ruhiy holati muxlislarini xavotirga qo`ydi

16:24, 23 may

Aktrisa Yulduz Rajabova o`zining Instagram`dagi sahifasi orqali ayni paytda ruhiy ko`makka muhtoj ekanligini bildirdi. 

“Inson hayotida juda ham ko`p burilishlar mavjud ekan.. Har bitta burilish insonni qiyin sarosimaga tushirib qo`yar ekan.. Ba`zida shunday sarosimaga tushib qolgan inson o`zi bilmagan holda hayotini sindirib qo`yishi mumkin ekan.. Bunday vaziyatdan chiqib ketish juda qiyin.. Qaysi yo`l to`g`ri ekan? Qanday qilsam yaxshi bo`larkin deb ko`plab savollar tug`iladi.. O`zi to`g`ri yo`ldamanmi??? Bunday savollarga javob topa olmay qiynaladi, kishi.. Sinov deganlari shu bo`lsa kerak”,—deya o`z qalb kechinmalarini bildirdi aktrisa.

Yulduzning so`zlariga javoban aksariyat internet foydalanuvchilari hayotning o`n beshi qorong`u, o`n beshi yorug` ekanligini, eng muhimi ruhan tushkunlikka tushib qolmaslik kerakligini aytib, izoh qoldirmoqda. Aktrisa esa ularga rahmat aytish bilan cheklanmoqda. Qiziq, Yulduzni bunday so`zlarni yozishga nima majbur qildi ekan?

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!