24 may kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

16:41, 23 may

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18, kunduzi 30-32 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20,  kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22,  kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent,  Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 15-20, kunduzi 30-35  daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi. 

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 10-15,  kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!