Lui van Gal “MYu”dan ketdi, uning o`rnini Mourino egallaydi

17:02, 23 may

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Lui van Galni o`z lavozimidan ozod etdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda

Ma`lumotlarga ko`ra, “MYu” ijrochi direktori Ed Vudvord bugun tongda van Gal bilan uchrashib, unga klubda olib borgan ishi uchun tashakkur bildirdi hamda “MYu”ni Joze Mourino boshqarishini aytib o`tdi. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq portugaliyalik mutaxassis “Manchester Yunayted”ni boshqarishga rozilik bildirgandi. Klub rasmiylari va murabbiy 24 may sanasida uchrashib, 3 yillik bitimning shartlarini kelishib olishi aytilmoqda.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!