Ispaniya chempioni va Kubogi sohibi “Barselona” yangi rekord o`rnatdi

17:06, 23 may

Ispaniya chempioni hamda mamlakat Kubogini qo`lga kiritgan “Barselona” navbatdagi rekordni yangiladi

Kataloniyaliklar o`z tarixida ettinchi bor “oltin dubl”ga erishdi va o`z rekordini yangiladi. Avvalroq ular 1951/52, 1952/53, 1958/59, 1997/98, 2008/09 va 2014/15 yilgi mavsumlarda ikkitadan muvaffaqiyatga erishgan.

Qayd etish kerakki, “ko`k-anorlilar” o`tgan mavsumda ham “oltin dubl”ga erishgandi. 

Ispaniya klublari orasida “oltin dubl” qayd etish bo`yicha Bilbaoning “Atletik” jamoasi ikkinchi o`rinda bormoqda. Ular hisobida beshta “oltin dubl” mavjud.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!