“Bunyodkor” va “O`zbekiston” metro bekatini bog`lovchi ko`cha yopib qo`yildi

09:47, 24 may

Toshkent shahridagi “Bunyodkor”  va “O`zbekiston” metro bekatlarini bog`lovchi ko`cha ta`mirlash ishlari sabab vaqtincha yopib qo`yildi.    

Ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda mazkur ko`chaga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Bu holat esa “Novza” metro bekati, Qoratosh mavzesi va “Muqimiy” teatridan “Istiqlol” san`at saroyi tomonga kelayotgan avtomobillarning tirbandligiga sabab bo`lmoqda. 

Yo`lni ta`mirlash ishlari qachongacha davom etishi hozircha noma`lum. Toshkent shahar hokimiyati ma`muriyati yo`lni ta`mirlash ishlari o`tkazilishi haqida haydovchilarni oldindan ogohlantirsa, maqsadga muvofiq bo`lar edi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!