Davron Kabulov hamkasblaridan biriga boja bo`ldi(Foto)

10:25, 24 may

Kecha, 23 may kuni Toshkent shahridagi “Mumtoz” to`yxonasida boshlovchi Davron Kabulovning nikoh to`yi bo`lib o`tdi. To`y kutilgan va kutilmagan hodisalarga boy tarzda o`tdi. 

 

O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov ijrosidagi “Kelibdi” qo`shig`i sadolari ostida kelin E`zozaxonning yakka o`zi to`yxonaga kirib keldi. Bu holatdan yig`ilganlar hayratga tushib ulgurmasidanoq Davron Kabulov mikrofonni olib, xonanda Jo`rabekning “Bor bo`lgim kelar” qo`shig`ini ijro etdi. Kuyovbolaning o`z to`yida qo`shiq ijro etishi kutilmagan holat bo`ldi. 

  

To`yga o`zbek shou-biznesining eng taniqli vakillari tashrif buyurdi, desak mubolag`a bo`lmaydi. O`zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Sardor Rahimxon, Ziyoda, Rayhon G`anieva, xonandalar Shahzoda, Oybek va Nigora, VIA Sharq, aktyorlar Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Ulug`bek Qodirov, aktrisalar Shahzoda Matchonova, Sitora Farmonova, Rayhon Ulasenova... Xullas, bu qatorni uzoq davom ettirish mumkin. 

  

Blogger Sardor Komilovning ma`lumotlariga ko`ra, Davron “Afruz” guruhi yakkaxoni Jamshid bilan boja bo`lgan. 

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz ijodkorlari nomidan ikki yoshga baxt tilab qolamiz!

  

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!