Xitoylik yigit sevgi izhor qilayotgan paytda daraxtga osilib qoldi

11:18, 24 may

Xitoyning Ichan shahrida yashovchi fuqaro sevgan qiziga dil izhorini yo`llayotgan paytda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Yigitning rejasiga ko`ra, u “Gou Xunyun, menga turmushga chiq!” degan so`zlar yozilgan parashyutdan sakrashi va qo`lidagi guldastani qizga uzatishi kerak edi. Biroq kuchli shamol yigitning rejasini chippakka chiqardi va u parashyut bilan daraxt shoxiga osilib qoldi. 

Yigitning o`zi mustaqil ravishda daraxtdan tusha olmadi. O`t o`chiruvchilar kelishini esa u bir soatlar kutdi. Yigitni kran yordamida pastga tushirishganlaridan so`ng u o`z rejasini amalga oshirdi va sevgan qiziga qo`lidagi guldastani tutqazdi. Biroq qiz uning taklifiga rozilik berish o`rniga o`girilib, ketib qoldi. 

Mazkur hodisa internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Aksariyat internet foydalanuvchilarining fikricha, yigit o`ta oshirib yuborgan. Qizning qo`lini so`rash samimiy va tabiiy tarzda o`tkazilishi kerak edi. U esa buni hammaning oldida qildi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!