“Toshkent — Chorvoq” yo`nalishida avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi

11:55, 24 may

Endi Chorvoqqa etib olib yanada osonlashdi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana” nashri. Qo`yliq bozoridagi shoh bekatdan Chorvoq yo`nalishi bo`ylab har kuni qulay sayyohlik avtobusi qatnashni boshladi.

Nashrning ma`lum qilishicha, Orzu Trans kompaniyasi “Toshkent – Chorvoq” yo`nalishi bo`ylab avtobuslar harakatini yo`lga qo`ygan. Avtobus har kuni uch mahal qatnovni amalga oshiradi — shahardan soat 8:30, 14:00 va 18:00 da toqqa yo`l olsa, 6:00, 11:00 va 16:00 da Toshkentga qaytadi.

Bir tomonga etib olish imkonini beradigan chipta narxi kishi boshiga 6 ming so`m. Bu pul evaziga kompaniya 50 yo`lovchiga mo`ljallangan, kondisioner bilan jihozlangan qulay avtobusda manzilga etib olish imkoniyatini taqdim etadi.

Haydovchilarning so`zlariga ko`ra, reys hali yangi bo`lgani uchun, avtobuslar hozircha kam yo`lovchilarga xizmat ko`rsatmoqda. Biroq yoz mavsumi boshlanishi bilan vaziyat o`zgaradi,deyiladi xabarda.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!