O`zbekistonda IV Evropa kinosi festivali start oldi

12:10, 24 may

23-29 may kunlari “O`zbekkino” Milliy agentligi Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi bilan hamkorlikda IV Evropa kinosi festivalini o`tkazadi.

23 may kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida festivalning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Unda “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Atabek Musaev, Evropa Ittifoqining yurtimizdagi delegasiyasi raisi Yuriy Shterk so`zga chiqib, so`nggi yillarda O`zbekistonda milliy kinematografiya san`atini rivojlanayotganini e`tirof etdi. 

Eslatib o`tamiz, mazkur festivalda Evropa ittifoqiga a`zo mamlakatlar, jumladan, Avstriya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gresiya, Latviya, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Fransiya, Finlyandiya, Shvesariya va Chexiya davlatlari kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan jami 17ta filmning namoyish etilishi ko`zda tutilgan.

Namoyishlar Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo`lib o`tadi, filmlar namoyishlariga kirish bepul.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!