Jonni Deppning qizi Chanel atirining yuzi bo`ldi

12:40, 24 may

Gollivud aktyori Jonni Depp va qo`shiqchi Vanessa Paradining qizi Lili-Rouz N°5 L'Eau de Chanel yangi iforni reklama qilish bo`yicha bosh qahramon bo`ldi, deya xabar beradi Fashionmag. Suratlar kuzda chop etiladi.

16 yoshli qiz fransuz moda uyi bilan birinchi marta hamkorlik qilmayapti: u avval quyoshdan saqlovchi ko`zoynaklar to`plamini reklama qilgan. Lili-Rouz ilk bor rasman onasi bilan Chanel namoyishida 2015 yilning aprel oyida ishtirok etgan. 

Chanel modalar uyiga Fransiyada asos 1909 yilda asos solingan. Ilk do`kon 1910 yilda Parijda ochilgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!