Toshkentning Ganga ko`prigi ustida 11 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

14:06, 24 may

Bugun, 24 may kuni ertalab soat 8:00 lar atrofida Toshkent shahri Ganga ko`prigi ustida deyarli bir vaqtning o`zida  11 ta avtomobil ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari xabar bermoqda

YTHda ko`prik ustida yo`lning qoq markazida uchta avtomobil bir-birini urib yuborganini ko`rish mumkin. Oq rangdagi Spark avtomobilining orqasidan Cobalt avtomobili, uning orqasidan yana bir Spark avtomobili kelib urgan. 

Foydalanuvchilarning ma`lum qilishicha, mana shu uch avtomobilga 5 metrcha etmasdan soat 8: 30 larda yana bir yo`l-transport hodisasining guvohi bo`lishgan. Mazkur YTH esa 6 ta avtomobil ishtirokida yuz bergan. Ayniqsa, avariya ishtirokchilaridan biri Epica avtomobili jiddiy zarar ko`rgan. 

Nigora Xasanova ismli Facebook foydalanuvchisining aytishicha, u aynan mana shu ko`prik ustida yana ikkita avtomobil ishtirokidagi YTHning ham guvohi bo`lgan. Internet foydalanuvchisining ta`kidlashicha, u o`sha hududdan o`tayotgan paytda YPX xodimlari avariya sabablari va oqibatlarini o`rganayotgan bo`lgan. 

Mazkur uchta YTH oqibatida jabrlanganlar haqida ma`lumotlar keltirilmagan.

 

BUYuK BRITANIYa BOSh VAZIRI XOTINIGA 2 MING DOLLARLIK MINILGAN MAShINA OLIB BERDIhttps://t.co/6ulOoDJKBQ pic.twitter.com/fYwutONOJs

— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 24 maya 2016 g.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!