2016 yilda maktablarni qariyb 477 ming o`quvchi bitiradi

14:23, 24 may

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan 2015/2016 o`quv yili yakunlari va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.

2015 yilda umumta`lim maktablarining boshlang`ich sinf chet tillari kabinetlarini 6775 sinf to`plam texnik vositalari bilan jihozlandi. Joriy yilda 1220 ta umumta`lim maktabini kompyuter sinfi, interaktiv elektron doskalar va kondisionerlar bilan jihozlash belgilangan.

Joriy o`quv yilida maktab o`quvchilarining umumta`lim fanlari bo`yicha o`tkazilgan bilimlar bellashuvining dastlabki bosqichida 2,5 million nafar o`quvchi ishtirok etgani o`g`il-qizlarning o`qishga bo`lgan intilishi muttasil ortayotganidan dalolat beradi.

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan o`quvchilarning yozgi ta`til kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Konsepsiya ishlab chiqildi. Konsepsiyaning maqsadi yozgi ta`til davrida o`quvchilarning mazmunli dam olishlarini tashkil etish, o`quvchi-yoshlar o`rtasida vatanparvarlik tuyg`usi, sog`lom turmush tarzi, kitobxonlikni keng targ`ib qilishdan iborat.

Ta`lim muassasalarida shu yilning 15 iyunidan 15 avgustiga qadar haftaning dushanba-juma kunlari o`quvchilarning yoshi va qiziqishidan kelib chiqqan holda madaniy-ma`rifiy va sport tadbirlari bo`lib o`tadi.

Bundan tashqari xalq ta`limi tizimidagi umumta`lim maktablari, bolalar – o`smirlar sport maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, bolalar musiqa va san`at maktablari va axborot-resurs markazlari yoz mavsumida davomida bolalar uchun faoliyat ko`rsatadi.

Ayni kunda maktablarning 9-sinflarida 476 ming 616 nafar o`g`il-qiz bilim olmoqda. Ularni ta`limning keyingi bosqichiga to`liq qamrab olish maqsadida 1-9-sinf o`quvchilariga oid to`liq ma`lumotlar bazasi shakllantirildi. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bolalarning kelgusida qaysi kollej yoki liseyda tahsilni davom ettirishini mukammal o`rganish maqsadida maxsus so`rovnomalar o`tkazildi. Unga ko`ra o`quvchilarning 42 870 nafari (9%) akademik liseylarda, 433 738 nafari (91%) kasb-hunar kollejlarida o`qish istaklarini bildirishgan. 9-sinf bitiruvchilari uchun “Men tanlagan kasbni-kelajak hayotimdagi o`rni” mavzusida insholar tanlovi, “Kasblar festivali”, “Ochiq eshiklar kuni”da o`zi yashab turgan hududdagi ishlab chiqarish korxonalari, fermer xo`jaliklari, ta`lim muassasalariga sayohat va ekskursiyalar tashkil etildi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!